
2020 yil 18 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5697 (+15) nafarni tashkil etmoqda.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 6 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 4131 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 1547 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir ahvolda.
Koronavirus InfektsiyasiO‘zbekistonToshkent ShahriNavoiy ViloyatiSog‘liqni SaqlashKasallanish Holatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar