Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Yunusobod tumanida taksi haydovchisida koronavirus topilgan. Ta’kidlanishicha, uning o‘zi borib tahlil topshirgan.
Bundan tashqari, Olmazor tumanida uy bekasi koronavirus bilan kasallangan. Uchtepa tumanida mahalliy tadbirkorda koronavirus aniqlandi.
Avvalroq, Toshkentda tug‘ilgan kunni birgalikda nishonlash holatidan keyin 13 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirganligi haqida xabar berilgan edi.
Bundan tashqari, so‘nggi vaqtda Sergeli tumani aholisi orasida koronavirus infeksiyasi tez-tez aniqlanmoqda.
2020 yil 19 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5 946 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni paytda respublikada 4273 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (72 foiz) sog‘aygan. Mamlakatda 1654 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi