
Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ikki nafar o‘qituvchi karantin paytida 23 nafar o‘quvchiga yashirin tarzda tahsil bergani aniqlandi.
Mazkur holat tuman huquq-tartibot idoralari hamda viloyat davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat boshqarmasi tuman bo‘limi inspektorlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ma’lum bo‘lgan. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Viloyatning Shofirkon tumani «qizil» hudud toifasiga kiritilganiga qaramasdan, 48 yoshli Q.A. shu tumanning «Chandir» qishlog‘ida yashovchi 45 yoshli M.F.ning yashash manzilida karantin qoidalarini buzib, noqonuniy tarzda o‘quvchilarni to‘plagan holda dars mashg‘ulotlarini o‘tkazgan.
Tadbir davomida M.F.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, o‘quv darsliklar, test varaqalari hamda boshqa o‘quv qurollari mavjudligi aniqlangan.
«Oliy ma’lumotli bo‘lsa-da, hech qayerda ishlamaydigan bu fuqarolar karantin qoidalarini buzgan holda tibbiy vositalar bilan himoyalanmagan o‘quvchilarga fanlardan test tarqatib, uyga vazifa bergan holda ularni tarqatib yubormoqchi bo‘lishganini aytdi. Yoshlarga ta’lim berish yaxshi, biroq «qizil» hudud hisoblangan manzilda koronavirusga qarshi jiddiy kurash ketayotgan bir paytda bu fuqarolarning xatti-harakatlari qonunga zid ekanligini unutmasligimiz lozim», — deydi huquq-tartibot idorasi vakili.
O‘quvchilarga dars o‘tib kelgan fuqarolarga huquq va burchlari tushuntirilgan. 23 nafar o‘quvchi esa uy karantiniga olingan.
Buxoro ViloyatiShofirkon TumaniKarantin QoidalariO‘quvchilarni To‘plashYashirin Ta’limHuquq-Tartibot Idoralari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar