Bugun O‘zbekistonda jami 207 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 179 nafari Karantin muassasalarida, 19 nafari aholi orasida (shundan 13 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafari Surxondaryo hamda yana 1 nafari Xorazm viloyatida), qolgan 9 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
20 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6153 (+34) nafarni tashkil etmoqda.
• Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida;
• 13 nafari Xorazm viloyatida (shundan 12 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar , 1 nafari aholi orasida);
• 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar , 4 nafari aholi orasida);
• 4 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida;
• 3 nafari Toshkent viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida);
• 2 nafari esa Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6153 nafar bemordan 4290 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 69 foizni tashkil etmoqda.
Bugun 17 nafar fuqaro sog‘aydi. Ularning barchasi Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.
Ayni paytda respublikaning o‘nta xududidagi shifoxonalarida davolanayotgan 1844 nafar bemordan 14 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 37 812 nafar, statsionar karantinda esa 23 015 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi