Foto: orphanednation.com
O‘zbekistonda daromadlari yuqori va akademik yutuqlari ko‘p bo‘lgan odamlarni jalb qilish uchun ikki oy ichida yangi — Uzbekistan is my second home (O‘zbekiston — ikkinchi uyim) immigratsion viza turi ishlab chiqiladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi departament boshlig‘i Shuhrat Isaqulov «O‘zbekiston 24» kanali efirida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bu «Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmonida qayd etilgan.
«Bu vizaning yangi turidir. Ushbu hujjatning asosiy mantig‘i va maqsadi yuqori akademik bilimlarga, hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori daromadli odamlarni yashash uchun mamlakatimizga jalb qilishdir. Ular mamlakatimizda mustaqil ravishda yoki oila a’zolari bilan yashashi va o‘z bilimlari bilan mamlakatimizga hissa qo‘shishlari mumkin. Bu, shuningdek, bilim uzatishning juda katta manbayidir», — dedi u.
Shuningdek, farmon bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda turistik soliqlarni hisoblashning yagona tizimi joriy etiladi. Bu taqdim etilayotgan xizmatlarning sifati, mehmonxonalardagi joylar soni monitoringini yuritish, shuningdek, xorijiy fuqarolarning kirishi va chiqishini nazorat qilish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1 iyundan boshlab «sariq» va «yashil» hududlarda ichki turizm o‘z ishini qayta boshlaydi. O‘zbekistonda turizmning tiklanishi uch bosqichda amalga oshiriladi.
Prezident farmoniga asosan, turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator imtiyoz va imkoniyatlar belgilab berildi, turoperatorlar va joylashtirish vositalariga foizsiz ssudalar ajratiladi.
Avvalroq O‘zbekistonda ichki turizm sohasida 200 mingdan ortiq kishini ish bilan ta’minlash mumkinligi, koronavirusga chalingan turistlarga 3 ming dollar miqdorida kompensatsiya to‘lanishi ma’lum qilingan edi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)