date
views 5 605

Qozoqlar, turklar va musulmonlar: bo‘ri kabi bo‘ling!

Qozoqlar, turklar va musulmonlar: bo‘ri kabi bo‘ling!
Qozog‘istonlik bloger Nurlan Saltayev qozoqlar, turkiylar va umuman, musulmon xalqlar orasidagi kelishmovchiliklar, milliy birlik haqida mulohazalarini ijtimoiy tarmoqda bildirgan. Uning yozganlari ayni haqiqat bo‘lishi bilan birga, dinimiz, millatimizga ham taalluqli joylari mavjud.

Shoxli hayvonlarning mudofaa va hujumning ajoyib qurollari – shoxlari bo‘lsa-da osonlik bilan yirtqichlarning o‘ljasiga aylanadi. Ikki o‘tkir shoxi bo‘lgan bu jonivorlar qurollarini asosan bir-birlari bilan jangga sarflab, yirtqichlardan oyoq muskullariga ishonib qochish orqali qutulmoqchi bo‘ladi.

Men jamiyatimizda aynan shu xil vaziyatni kuzataman. Qozoq jamiyatida qachon birlik bo‘lgan? Qozoqlar g‘azab bilan birlashib uyg‘urlar yoki dunganlarga hujum qiladi-yu, lekin Rossiya yoki Xitoy mustamlakachilariga qarshi turish kerak bo‘lganda, bunday birlik otliqqa ham topilmaydi.

Qozoq vatanparvarlari qachon jasur bo‘lib ketadi? Ular hech kimdan yordam so‘rab murojaat qila olmaydigan, o‘zlarining rus tilida so‘zlashadigan qozoqlariga hujum qilganda!

Men zamonaviy Islom haqida maqola o‘qib va videolarni tomosha qilgunga qadar, “shayx”lar orasida qancha fosiqlari borligini xayolimga ham keltirmagan edim: biri ikkinchisiga tuhmat qiladi, unisi boshqasining ayblarini ochadi... Nima qilsa qiladi, ammo faqat Islomga, pok dinga chaqirmaydi! Men o‘zim uchun bunday "peshvo"larni tinglashdan ko‘ra, Qur’on va namozga murojaat qilish yaxshiroq degan qarorga keldim, chunki Alloh va mo‘min o‘rtasida vositachi yo‘q.

Antilopalar ham jasur va qo‘rqmas ko‘rinishni xohlashadi, ammo bo‘ri yoki yo‘lbarsga qarshi turish xavflidir – qochish yaxshiroq, lekin siz o‘zingizning ”jasorat”ingizni o‘zingizga o‘xshagan antilopaga ko‘rsatishingiz mumkin.

So‘nggi yuzlab yillar davomida qozoqlar, turklar va musulmonlar mag‘lubiyatga uchrashlarining asosiy sababi ham shu: o‘zaro to‘qnashaveradilar, lekin mustamlakachilar va bosqinchilardan shataloq otib qochishadi.

Qozoqlar, turklar va musulmonlar, o‘zingizni shoxli qoramolga mengzamang! Qurolingizni o‘z qavmingizga qarshi ishlatmang, aks holda biz yirtqichlarning yemi bo‘lamiz. Biz birlashgan va dushmanlariga qarshi o‘tkir tishlarini ishlatadigan bo‘ri kabi bo‘lmog‘imiz shart!

Yoqub Umar tarjimasi

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozoqlar, turklar va musulmonlar: bo‘ri kabi bo‘ling!