Koronavirus yuqtirganlar soni 6400dan oshdi

Koronavirus yuqtirganlar soni 6400dan oshdi
2020 yil 22 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6401 (+43) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 35 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan bo‘lsa, 1 nafari Toshkent shahrida aholi orasida va 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlandi.

Bugun ayni shu soatgacha Namangan viloyatidagi davolash muassasasida 7 nafar bemor sog‘ayib, yurtimizda ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 4384 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1998 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar