
«Joriy yilning 25 iyun kuni soat 14:07da Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Guliston shahri Sayxun ko‘chasi 17-uyda joylashgan “Ideal Study” nodavlat ta’lim muassasasida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan.
Olib borilgan tezkor choralar natijasida binoda qolib ketgan 111 nafar o‘quvchi hamda o‘qituvchilar xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Shuningdek, qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari tufayli binoning 1600 m.kv. maydoni yong‘indan asrab qolindi», deyiladi FVV axborot xizmatining xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar