
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo 08.06.2019 yildagi qaroriga asosan, qarzdor S.Saidovdan undiruvchi D.Saidova foydasiga voyaga yetmagan 3 nafar farzandlari ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati bo‘limga 16.06.2019 yilda kelib tushgan va shu kuni qo‘zg‘atilgan. Qarzdorga bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan barcha huquq va majburiyattlari tushuntirilib, aliment to‘lamagan taqdirda javobgarlik yuzasidan ogohlantirilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning mulkiy ahvoli o‘rganilgan, qarzdor nomida hech qanday mol-mulklar rasmiylashtirilmaganligi aniqlangan. 22.06.2020 yildagi davlat ijrochisining aliment qarzini hisoblash to‘g‘risidagi qaroriga asosan qarzdorning aliment qarzi 1 yil davomida 34 mln. 267 ming so‘mni tashkil qilgan.
Alimentchi ota aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi oqibatida qarzdorga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirildi. Joriy yilning 23 iyun kuni Yashnobod tuman ma’muriy sudining qaroriga asosan qarzdor S.Saidovga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi va O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi bilan ogohlantirildi.
Fuqarolik IshlariMirobod TumaniAliment QarziMa’muriy QamoqO‘zbekiston RespublikasiSud Qarori O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar