Bundan keyin xorij fuqarolari Rossiyada patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishga ariza berish uchun birinchi navbatda COVID-19 uchun tekshiruvdan o‘tishi kerak. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli buyruq chiqarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Buyruq bilan yangi koronavirus infeksiyasi tegishli kasalliklar ro‘yxatiga kiritildi. Endi agar ushbu infeksiya aniqlansa, boshqa davlatlar fuqarolariga Rossiyada yashash va ishlash imkoniyati rad etiladi.
Koronavirusdan tashqari, ushbu ro‘yxatga OIV, sil, sifilis (zaxm) va moxov kasalligi ham kiritilgan.
Buyruqda yozilishicha, Rossiyada qonuniy bo‘lish uchun chet elliklar yuqumli kasalliklar bo‘yicha shifokorga borishi va nuklein kislotasini kuchaytirish usullaridan foydalangan holda COVID-19ga laboratoriya tekshiruvidan o‘tishi kerak, ya’ni koronavirus uchun PZR testini topshirish lozim.
Ilgari, ro‘yxatdan o‘tish va shartnoma asosida O‘zbekiston hamda Tojikiston fuqarolari bir yil muddatga patent olishlari mumkin edi, shundan keyin ular rasmiy mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlagan bo‘lsa, mamlakatdan chiqmasdan yana bir marta qayta ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega edilar. 17 aprel kuni Davlat dumasi chet el fuqarolarining Rossiyadan chiqib ketmasdan mehnat patentlarini uzaytirish huquqini qonuniylashtirdi.
Moskva uchun 2020 yilda patentning oylik qiymati 5350 rubl (76,6 AQSH dollari) miqdorida belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi