Bir holatda benzin va gazda yuradigan avtomobilni dizelda harakatlanuvchi mashina sifatida, ikkinchi holatda esa 6 o‘rindiqqa ega «Mersedes»ni 8 o‘rindiqli deb ko‘rsatib, yuzlab million imtiyoz olishga bo‘lgan urinishlar to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan «Qo‘qon» TIF bojxona postida fuqaro D.K. tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida yurtimizga 171 million so‘mlik imtiyoz asosida olib kirilayotgan «Mersedes Benz Sprinter» yuk avtoulovi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida avtoulov hujjatlarda ko‘rsatilganidek dizelda emas, balki benzin va gazda yurishi aniqlandi.
Natijada umumiy qiymati 193,3 million so‘mlik avtomashina vaqtincha saqlovga olindi.
Yana bir holatda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan yurtimizga «Vodiy» TIF bojxona posti orqali 576,59 million so‘m imtiyoz asosida fuqaro I.A. tomonidan olib kirilgan «Mersedes Benz Viano» avtomashinasi o‘rnatilgan tartibda mutaxassislar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashina hujjatlarda qayd etilganidek 8 o‘rindiqqa ega emasligi, aslida 6 o‘rindiqqa ega mazkur miniven qo‘llanilgan imtiyoz shartlariga to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi va umumiy qiymati 122 million so‘mlik avtomashina vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiurv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi