2020 yilning 1 iyul kuni soat 12:00da Samarqand viloyati Samarqand tumani Andijon mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1095-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 51 yoshli T.T.ning boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli yuk avtomashinasi va 49 yoshli Z.J. (ayol) boshqaruvida bo‘lgan Malibu rusumli avtomashinalari to‘qnashuvi natijasida Malibu avtomashinasining yo‘lovchilari 50 yoshli M.K. (ayol), 51 yoshli J.S. (ayol) va 48 yoshli A.A. olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyda vafot etganlar.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, transport vositasini boshqarayotganingizda amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ga rioya qilishingizni so‘raymiz, o‘zingiz va boshqalarning hayotiga befarq bo‘lmang”, - deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi