Foto: «Podrobno.uz»
Sergeli avtomobil bozori o‘rnida avtomobillarga servis xizmatini ko‘rsatadigan Car Box Service loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 29 may kuni Sergeli va Zangiota tumanlariga amalga oshirgan tashrifi yakuni bo‘yicha taqdim etilgan davlat rahbari administratsiyasi protokoliga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda moliya vaziri Timur Ishmetovga ikki hafta ichida umumiy qiymati 32,2 million dollarga teng Car Box Service loyihasining amalga oshirishiga doir hisob-kitoblarni ko‘rib chiqish topshirilgan.
Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga bir oy ichida avtomobil bozorini boshqa joyga ko‘chirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, tasdiqlatish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklangan.
Sergeli avtomobil bozorining ko‘chishiga bog‘liq gap-so‘zlar 2017 yilda tarqalgan edi. 2018 yilda Toshkent shahar hokimligi bozor Toshkent viloyatining Chinoz tumaniga ko‘chishini, keyinroq esa Yuqori Chirchiq tumaniga ko‘chishini ma’lum qilgandi. «Toshbozorsavdo» assotsiatsiyasi avtomobil bozorining ko‘chirilishi uning tuman aholisiga noqulaylik tug‘dirayotgani, xususan, yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelayotgani bilan izohlagan edi.
Minilgan avtomobillar va ehtiyot qismlar bilan savdo qiluvchi Sergeli avtomobil bozori 23,7 gektar hududda joylashgan. Sergeli tumanining sobiq hokimi Nozim Husanov (hozirda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri) 2018 yilning iyunida avtomobil bozori tuman budjetiga har yili 11 milliard so‘m foyda keltirishini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi