Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning fikricha, mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish “Putinga bo‘lgan ishonch haqidagi g‘olibona referendum”dir. Peskov jurnalistlar bilan uchrashuvda ovoz berish natijalari soxtalashtirilmaganini ta’kidladi.
Rossiya Markaziy saylov komissiyasining so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, ovoz berish jarayonida ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 64,99 foizi qatnashdi. Ularning 77,92 foizi Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilishini ma’qullagan va 21,27 foizi qarshi chiqqan.
Saylovchilar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi “Ovoz” harakati Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlari soxta ekanligini, ovoz berish jarayonida ko‘plab qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini ma’lum qildi. Harakat ushbu referendumni “xalq suverenitetiga suiqasd” deb baholadi.
Muxolifatchi Aleksey Navalniy Rossiyada ovozlarni soxtalashtirish bo‘yicha rekord o‘rnatilganini aytdi.
Prezident Vladimir Putin esa mamlakat Konstitutsiyasiga xalqning xohishiga ko‘ra o‘zgartirish kiritildi degan fikrda. O‘zgartirishlar bugundan kuchga kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi