
2020 yil 4 iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9611 (+111) nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 44 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 66 nafari Toshkent shahrida (bungacha eng katta ko‘rsatkich 47 nafar edi) hamda 1 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar poytaxtimizdagi 2-son Respublika klinik shifoxonasida 53 nafar va Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 2 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami 6306 (+55) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3275 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekistonKoronavirusToshkentBuxoro viloyatiSog‘liqni saqlashRekord darajada O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar