
Tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dout-ota” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan, fuqaro F.L. boshqaruvidagi “MAN” rusumli avtotransport vositasi postda o‘rnatilgan inspeksion ko‘rik majmuasi orqali bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, yuk avtotransport vositasining tirkama qismida yashirilgan, hujjatlarda ko‘rsatilmagan va umumiy qiymati 61,6 million so‘mlik alkogolli ichimliklar borligi aniqlandi.
Yana bir holatda, mazkur post orqali kirib kelgan fuqaro R.S. “Volvo” rusumli yuk avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, avtotransport vositasida xufiyona yashirilgan umumiy qiymati 44 million so‘mlik jami 231 dona avtotransport ehtiyot qismlari borligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Bojxona OrganiTovar Moddiy BoyliklariQoraqalpog‘iston RespublikasiYashirin Olib KirishAvtotransport VositasiInspeksion Ko‘rik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar