2 937
Toshkentda avtomashinalarni jarima maydonidan chiqarish bo‘yicha onlayn tizim ishga tushirildi
Foto: Videodan lavha
Toshkentda avtomashinalarni jarima maydonidan chiqarib olish uchun onlayn tizim sinov tariqasida ishga tushirildi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalida ma’lum qilindi.
«YHX qoidalarini buzgan haydovchiga inspektor tomonidan mashinaning jarima maydoniga olinishi to‘g‘risida protokol tuziladi. Ushbu protokol ma’muriy bo‘limga yuboriladi, shundan so‘ng u avtomatlashtirilgan tizimga kiritiladi», — dedi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘limi boshlig‘i Ilhom Idirov.
Protokol DYHXX saytida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng haydovchining telefon raqamiga jarimaning miqdori va avtomobil joylashgan to‘xtab turish joyi to‘g‘risidagi ma’lumot yozilgan SMS yuboriladi.
Tizimning yana bir afzalligi — haydovchi onlayn rejimda barcha zarur hujjatlarni inspektorga taqdim qilishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, inspektor qonunbuzarlik uchun jarima miqdori to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda ma’lumotni saytga joylashtiradi. Qoidabuzar jarimani elektron tizim orqali yoki eng yaqin bank kassalari orqali to‘lashi mumkin.
Agar tizim sinovdan muvaffaqiyatli o‘tsa, u butun respublika bo‘ylab joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning iyul oyidan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish ishlari sinov tariqasida ishga tushirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi