Toshkentdagi «Abu Saxiy» bozori xodimlari va bozor hududida savdo qiluvchi tadbirkorlar orasida virusga chalinganlar aniqlangani tufayli bozor vaqtincha yopildi. Bu haqda Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
«6 iyul kuni yurtimizda koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida o‘tkazilayotgan rejali profilaktik tadbirlar davomida Chilonzor tumanida joylashgan Tashkent Trade Center (Abu Saxiy) savdo markazi ma’muriyati ishchilari va bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infeksiyasiga namuna olindi.
Test tahlillari natijasiga ko‘ra, bir necha xodimlarda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi.
Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, Tashkent Trade Center savdo markazi profilaktika tadbirlarini o‘tkazish uchun vaqtincha yopildi», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Sog‘liqni saqlash vazirligi 29 iyun kuni ham «Abu Saxiy» savdo markazi xodimida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergandi, ammo savdo markazi faoliyati davom ettirilayotgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?