Foto: Namangan viloyati IIB axborot xizmati
Namangan shahar IIO FMB TEQKB 30 iyun kuni Jinoyat qidiruv bo‘limi va DXX tezkor xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yirik qimorxona faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, namanganlik fuqaro 9 nafar o‘ziga tanish bo‘lgan shaxsga qimor uchun xonadonida sharoit yaratib bergan.
Voqea joyidan jami 34 867 000 so‘m pul, 1120 AQSH dollari va xonadon egasi uchun ajratilgan 340 000 so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida olinib, mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Bunga qadar Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg‘onada yashash uyida tashkil etilgan qimorxonalar faoliyatiga chek qo‘yilib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi