O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 2020 yilda talabalikka qabul qilinadigan 1-kurs talabalari o‘qishni oktabrda oyida boshlashi mumkin. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov 9 iyul, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Majid Karimovning so‘zlariga ko‘ra, epidemiologik vaziyat o‘nglanmasa, OTMga kirish imtihonlarining surilishi masalasini ayni paytda oldindan aytib bo‘lmaydi.
«Test – OTMga kirish uchun o‘tkaziladigan sinov. Yuqori kurslarning darsini vaqtliroq boshlash mumkin. 1-kurslarni oktabrda boshlash mumkin. Respublika maxsus komissiyasi vaziyatga qarab takliflar asosida qaror qabul qiladi», dedi DTM rahbari.
Uning qayd etishicha, OTMga talabalarning test sinovlarisiz qabul qilinishi mumkin emas. Komissiya qarori bilan yakuniy xulosa ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 8 iyul, chorshanba kuni Respublika maxsus komissiyasining mamlakatda karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha axboroti yuzasidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidan keyin turli manbalarda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari onlayn bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq Davlat test markazi mazkur xabarlarni rad etdi va davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi o‘zgarmaganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi