Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda savollarga javob berdi.
Savol: Koronavirusga chalingan, lekin kasallikning alomatlari bo‘lmagan bemorlar, yangi qoidalarga muvofiq, uy sharoitida kuzatuvda bo‘ladi. Bu toifadagi bemorlar qanday dori vositalarini qabul qilishi lozim?
Javob: Simptomsiz, ya’ni kasallik alomatlarsiz kechayotgan bemorlarga haqiqatdan ham uy sharoitida kuzatuvda bo‘lishga ruxsat berildi. Kuzatuvni oilaviy poliklinikadan umumiy amaliyot shifokori olib borishi shart!
Har kuni telefon orqali bemor bilan bog‘lanib, uning ahvolidan, tana harorati va boshqa shikoyatlari bor-yo‘qligidan xabardor bo‘lishi kerak.
Uyda kuzatuvda bo‘lgan bemorlar oila a’zolaridan yakkalanishi lozim;
- jismoniy faollik, gigiyena talablarini barchasini vaqtida bajarish, xonani tez-tez shamollatib turishi lozim;
- idish-tovoqlari bir marotaba ishlatiladigan yoki o‘zi uchun individual bo‘lishi kerak;
- dori vositalaridan faqat qonni suyultiruvchi va immunitetni ko‘taruvchi dori vositalarini profilaktik ravishda qabul qilishi mumkin;
- agar kuzatuv davrida qandaydir shikoyatlar paydo bo‘lsa: yo‘talish, tomoq qirilishi, ta’m yoki hid sezishning buzilishi, tana harorati ko‘tarilsa, zudlik bilan oila shifokoriga yoki 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib shifoxonaga o‘tkazilishi lozim". “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi