
Foto: IIV YHXBB axborot xizmati
Jizzaxda xalqaro ahamiyatga ega «Toshkent-Termiz» M-39 avtomobil yo‘lining 953 hamda 948 km.ga shovqin chiqaruvchi chiziqlar chizildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur shovqin chiqaruvchi chiziqlar nimasi bilan ahamiyatli, qanday vazifani bajaradi degan savollar tug‘ilishi tabiiy. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, transport vositasi ushbu chiziqdan o‘tayotganda shinalarning ishqalanishi natijasida chiqayotgan ovoz haydovchining xushyorligini oshiradi.
Bu esa uzoq masofaga harakatlanayotgan haydovchilarning rulda uxlab qolishlarining oldini olish va ularni sergak holda harakatlanishiga, turli noxush yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi, deyiladi xabarda.
Toshkent-TermizJizzaxAvtomobil Yo‘liShovqin ChiqiruvchiXalqaro AhamiyatIIV YHXBB O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar