11 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12513 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi soatlarda yana 111 kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan.
Yangi kasallanish holatlarining 34tasi Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 62 nafari Andijon viloyatida (shundan 43 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 19 nafari aholi orasida), 15 nafar Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
«Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 140 nafar, Andijon viloyatida 31 nafar, Jizzax viloyatida 10 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar hamda Samarqand viloyatida 5 nafar, jami 193 nafar bemor tuzaldi», – deyiladi xabarda.
Shu tariqa, 11 iyul kuni O‘zbekistonda 486 kishida koronavirus aniqlanib, yangi antirekord qayd etildi.
486ta holatdan 391tasi karantin muassasalarida, 95tasi aholi orasida aniqlandi.
11 iyulda koronavirusdan o‘lim qayd etilgan hududlar safi yana bittaga kengaydi: Xorazm viloyatida 56 yoshli erkak vafot etdi. Shuningdek, Toshkentda 50 va 66 yoshli ikki ayol hayotdan ko‘z yumdi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 12513 nafar bemordan 7723 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 61 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda davolanayotgan bemorlar soni 4733 nafarni tashkil etadi. Ulardan 45 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi