AOKAda o‘tkazilgan brifingda tibbiyot fanlari doktori, professor Anvar Alimov koronavirusni boshqarishga erishish imkoni haqida aytib o‘tdi.
«Dunyo statistikasiga ko‘ra, aholining 60 foizida immunitet paydo bo‘lsa, pandemiya holati yuzaga kelmaydi va virusni boshqarish mumkin bo‘ladi. Buning uchun vaksinatsiya ham katta omil bo‘lib xizmat qiladi», deya Alimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.
Mutaxassis O‘zbekistonda immunoferment ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlillar olib borilayotganini bildirib o‘tdi.
«Rossiyada o‘tkazilgan immunoferment tahlillarga ko‘ra, ularda kollektiv immunitet 13 foizni tashkil qilmoqda. Ya’ni bir nafar bemorga 3ta kasallikning simptomsiz kechish holati to‘g‘ri kelmoqda. Biz ham immunoferment tahlillarini o‘tkazishni boshladik», dedi Alimov.
Ma’lumot uchun, immunoferment tahlil - inson organizmi koronavirus infeksiyasi yuqqanidan so‘ng kamida bir hafta o‘tgach organizm unga qarshi ishlab chiqargan antitanachalarni aniqlaydi. Test qon namunalaridagi immunoglobulinni aniqlab beradi. Immunoferment tahlil odatda OIV-infeksiyani aniqlashda ishlatilardi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi