Foto: «Xalq so‘zi Online»
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Bugun o‘zbek san’atida og‘ir judolik! Yana bir san’at arbobi, o‘zlarining takrorlanmas roli bilan butun kino va teatr ixlosmandlarining yuragidan joy olgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbek milliy akademik teatri aktyori Abdurayim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o‘tdi», — deyiladi xabarda.
Madaniyat vazirligi marhumning yaqinlari va oila-a’zolariga ta’ziya izhor qiladi.
Ma’lumot uchun, Abdurayim Abduvahobov 1963 yil 8 avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.
Aktyor «Shum bola», «Suyunchi», «Muhabbat sinovlari», «18-kvadrat», «Ada emas, dada», «Firibgar», «Osiy banda», «Poyga», «Bevalar», «So‘nggi nafasimgacha», «Sevgi balki, bu jannat 2», «Nazira» kabi filmlari, «Shaytanat» seriali hamda «Chimildiq» spektaklidagi rollari bilan mashhurlikka erishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin