
Tovarlarni yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinish bojxonachilar tomonidan fosh etildi.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dout-ota” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan “Mercedes Benz” rusumli yuk avtotransport vositasi postdagi inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, mazkur avtotransport vositasida hujjatlarda ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 149 million so‘mlik 1972 dona xo‘jalik tovarlari va hashoratlarga qarshi dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Bojxona FoshTovarlarni YashirishQoraqalpog‘iston RespublikasiMercedes BenzYuk AvtotransportHujjatlar Tahlili O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar