
Bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida tovar moddiy boyliklarni yashirin tarzda olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro J.J. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi postdagi inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, mazkur avtotransport vositasiga tegishli yo‘l yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan, avtotransport vositasiga xufyona yashirilgan, umumiy qiymati 75,6 million so‘mlik jami 779 dona yengil avtotransport vositasi ehtiyot qismlari mavjudligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bojxona TizimiTovar Moddiy BoyliklarQoraqalpog‘iston RespublikasiYuk AvtomashinalariInspeksion Ko‘rikYashirin Tarzda O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar