Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord natija qayd etilgani haqida xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, jami 328 bemor kasallikdan tuzalib chiqqan va jami tuzalganlar soni 8655 nafarga yetgan.
Kecha Toshkent, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida bemorlarning navbatdagi guruhlariga javob berildi.
- Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida 135 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 97 nafar;
- Samarqand viloyatida 49 nafar
- Surxondaryo viloyatida 34 nafar
- Jizzax viloyatida 9 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 4 nafar.
«Shunday qilib yurtimizda 8655 (+328) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 5855 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
O‘zbekistonda 14 iyul kuni ham 297 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, kunlik tuzalish holatlari soni bo‘yicha yangi rekord qayd etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi