
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Tayloq tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro S.Meliyevdan undiruvchi Z.Mirzayevaning ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish borish belgilangan.
Bu holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Urgut tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan. Shu vaqtga qadar fuqaro S.Meliyev aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelayotgan edi.
Bugun koronavirus pandemiyasining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan karantin va qisman cheklov choralari sharoitida muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash naqadar muhim ekanligini inobatga olgan holda Byuroning tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirish va profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu jumladan, qarzdor S.Meliyev bilan ham atroflicha suhbat va tushuntirish ishlari o‘tkazilib, bugungi sinov kunlarida farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani yotig‘i bilan tushuntirildi. Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor shu kuni farzandi ta’minoti uchun 35 million 138 ming so‘m pulni to‘lab berdi.
Fuqarolik IshlariTayloq TumaniAliment UndirishMajburiy IjroKarantin ChoralariIjtimoiy Himoya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar