Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tezkor tadbir davomida, fuqaro I.D. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli yengil avtomashina kuzatuvga olindi.
Shundan so‘ng, Quva hududida ushbu avtomashina to‘xtaganida, fuqaro A.X. qo‘lidagi dasturxonga o‘ralgan savat bilan avtomashina yoniga borib, avtomashinadan uzatilgan 1 dona qog‘oz qutini dasturxoni orasiga solganida tezkor guruh xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Tekshiruv davomida, ushbu savatdagi qog‘oz qutida umumiy qiymati 235,2 million so‘mlik jami 7840 dona “Regapen 300mg” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi