
Tayloq tuman ma’muriy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Z. Hamdamovdan davlat foydasiga 5 mln. 68 ming so‘m ma’muriy jarima undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Urgut tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va qarzdorlikni to‘lash uchun qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan.
Biroq, Z.Hamdamovga bir necha marotaba qarzdorlikni to‘lash taklif qilinganda asossiz ravishda davlat ijrochisining qonuniy talablarini bajarmagan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashina realizatsiya qilishlik uchun xatlanib, jarima maydonchasiga qo‘yilgandan so‘ng qarzdor xulosa chiqardi shekilli va ma’muriy jarimani to‘liq to‘lab berdi.
Tayloq TumaniMa'muriy SudQarzdor Z.HamdamovDavlat JarimaIjro HujjatiSpark Avtomashina O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar