
Navoiy viloyatining Navbahor tumanida yashovchi J.Sh. oilasidan ajrashgan, uyida yolg‘iz yashab keladi, bu holat uni uyida qimorxona tashkil etib, oson yo‘llar bilan boylik orttirishiga qo‘l keldi.
J.Sh. 2020 yil 27 may kuni soat 21:30da, o‘zining Navbahor tumanidagi yashash xonadonida, tanishi R.N. bilan birga, o‘rtaga pul tikkan holda, qimor o‘yinini qonunga xilof ravishda tashkil etib, qimor o‘yinini o‘tkazayotgan vaqtida, ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olinadi va tezkor tadbir davomida qimor o‘yiniga tikilgan jami 918.000 so‘m pullar, o‘yin kartalari va boshqa buyumlar ashyoviy dalil tariqasida xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olinadi.
J.Sh.ning jinoyat ishi 2020 yil 18 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudida ko‘rib chiqildi.
Sudda J.Sh. uyida qimorxona tashkil etib, jinoyatga qo‘l urganligini tan oldi.
Sud tomonidan J.Sh. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 278-moddasining 1-qismi bilan aybdor deb topildi va unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llangan holda, 3 (uch) yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, har oyda bir marta ichki ishlar organlaridan ro‘yxatdan o‘tib turish, ichki ishlar organining roziligisiz yashash va ish joyini o‘zgartirmaslik, alkogolli ichimliklarni iste’mol qilmaslik, kunning kech soat 23:00 dan ertalab soat 06:00 gacha yashash joyidan chiqib ketish kabi ta’qiq va cheklovlar o‘rnatildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining
devonxona mudiri
B.Farmonov
Navbahor tuman sudining
devonxona mudiri
B.Farmonov
Qimor O‘yiniJinoyat IshlariNavbahor TumaniO‘zbekiston RespublikasiJ.Sh. HujjatlariTezkor Tadbir O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar