Prezident Shavkat Mirziyoyev 17 iyul, juma kuni bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishda koronavirusni yengish uchun har kim o‘zi, oilasi, farzandlarining sog‘lig‘i va taqdiri uchun avvalo o‘zi mas’ul ekanini chuqur anglashi kerakligini ta’kidladi.
- "Har birimiz o‘zimiz, oilamiz, farzandlarimizning sog‘lig‘i va taqdiri uchun avvalo o‘zimiz mas’ul ekanimizni chuqur anglashimiz lozim. Shu munosabat bilan xalq vakillari bo‘lgan deputatlarimizdan, ijodkor ziyolilarimiz, hurmatli jurnalistlarimiz, mahalla faollaridan iltimos qilaman: pandemiya davrida har bir odamning shaxsiy mas’uliyati haqidagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishimiz kerak.
Biz pandemiyani qachon yengamiz? Qachonki, har bir odam o‘zidagi beparvolikni yengsa, o‘zi, oilasi va farzandlari, butun xalqimiz hayotiga mas’uliyat bilan qaraydigan bo‘lsa. Biz shunga qodirmizmi? Albatta, qodirmiz. Ishonchim komil, bugungi vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan mana shunday hissiyot va qarashlar har bir yurtdoshimizning qalbi va ongiga chuqur kirib boradi. Biz bu sinovdan, albatta, munosib o‘tamiz", - deb aytdi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident 15 iyul kuni Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiyaga qarshi kurash borasidagi ishlarni qattiq tanqid qilib, aniq vazifalarni belgilagan edi. Bu borada ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar bo‘yicha 17 iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahri hokimi, bosh prokuror va boshqa mutasaddi rahbarlar hisobot berdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)