Foto: Getty Images
Bugun, 18 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Feruza Hamroboyeva aholi tomonidan yuborilgan savollarga javob berdi.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga chalinib, yerqalampir (xren) o‘simligidan davo topganlar haqida aytilgan holatlarga munosabat bildirildi.
«Xren o‘simligi ko‘plab vitaminlar: A, E va B guruhi, aminokislotalar hamda mikroelementlarga boy. Lekin uning tarkibida S vitamini – askorbin kislotasi yo‘q. Xren koronavirusni davolashda xalq tabobati vositasi bo‘lishi mumkin. Lekin bemorda klinik belgilar yaqqol ko‘rinayotgan va tana harorati ko‘tarilgan paytda samarali emas, faqat qo‘shimcha tarzda yordam berishi mumkin xolos», - dedi Feruza Hamroboyeva.
U Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan «Avigan» dorisi haqida ham ma’lumot berdi.
- «Avigan» tarkibidagi biologik faol modda favipiravir hisoblanadi. U bir qator virus guruhlarini bloklaydi. «Avigan»dan ebola virusini davolashda ham foydalanilgan. Ayni paytda AQSHda uning boshqacha varianti – «Remdesivir» preparatidan foydalanilmoqda va AQSH bu preparatni yetarlicha samarali deb hisoblamoqda.
To‘g‘ri, «Avigan» haqida yana bir tadqiqot u koronavirusning yengil va o‘rta darajalarini davolashda samarali ekanini, lekin og‘ir shaklida unchalik samarali emasligini ko‘rsatmoqda, - dedi Feruza Hamroboyeva brifingda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi