O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova hamda uning oila a’zolari koronavirusga chalindi. Buni aktrisaning qizi Zebuniso Xoliqova «Daryo» muxbiriga ma’lum qilgan.
Uning aytishicha, oilaviy koronavirus infeksiyasini yuqtirib olishgani rost.
«Koronavirus dastlab opamda aniqlandi. Keyin oilaviy test topshirdik. Natijada dadam, onam, men va jiyanimda ham koronavirus mavjudligi isbotlandi. To‘qqiz kundirki, onam va opam Zangiota tumanida qurilgan yangi maxsus shifoxonada, qolganlar esa uyda davolanyapti», — degan Zebuniso Xoliqova.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rejissyor Sarvar Karimovda oilaviy kovid aniqlanib, shifoxonaga joylashtirilgani xabar qilingandi. Bir kun avval rejissyor otasi koronavirusdan vafot etganini ma’lum qilgandi.
Avvalroq esa Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov ham koronavirusga chalingani rasman xabar qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”