date
views 3 270

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasi qo‘llab-quvvatlanadi

O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasi qo‘llab-quvvatlanadi
O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun bir qator choralar ko‘rilishi rejalashtirilmoqda, deya xabar beradi Savdo-sanoat palatasi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga (SSP) restoran biznesi va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritadigan bir qator tadbirkorlar ushbu sohani qo‘llab-quvvatlash uchun inqirozga qarshi choralar ko‘rishga yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.

SSP mutaxassislari Prezident ma’muriyatiga joriy qilingan qattiq karantin choralari tufayli qiyin ahvolga tushib qolgan restoran biznesi hamda ovqatlanish joylarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator zarur va shoshilinch choralarni taklif qilingan ishchi xatini yubordi.

Savdo-sanoat palatasiga taqdim etilgan takliflar natijalariga ko‘ra, manfaatdor vazirliklar va idoralar Prezident qarori loyihasini tayyorladi, unga muvofiq tadbirkorlikni, xususan, umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020 yil oxiriga qadar quyidagi choralar ko‘riladi:

• bir qator soliq imtiyozlari muddati uzaytiriladi;
• yollangan ishchilar sonini ko‘paytirishga ruxsat beriladi;
• yon hududda yozgi teraslarini joylashtirish tartibi joriy etiladi;
• umumiy ovqatlanish va boshqa ko‘ngilochar muassasalarning ish vaqtini 24 soatgacha uzaytiriladi va boshqalar.

Hozirgi vaqtda farmon loyihasi tadbirkorlar va Savdo-sanoat palatasining jamoat ekspertizasi ishchi guruhining takliflarini hisobga olgan holda yakunlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 10 iyul kuni joriy qilingan karantin choralari tufayli umumiy ovqatlanish ob’ektlari faoliyati (yetkazib berish xizmati bundan mustasino) to‘xtatildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasi qo‘llab-quvvatlanadi