Bugun qator ijtimoiy saytlarda Qashqadaryo viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdorlari tomonidan mavjud mablag‘larni maqsadsiz sarflash va dizenfeksiya vositasi haqiqiy bahosidan qimmat narxlarda sotib olishi ortidan 917,8 mln. so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj qilishganligiga oid xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari Namanganda ham xuddi shunday qalloblikni fosh etganiga nima deysiz?! Ya’nikim, Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari bir necha xo‘jalik yurituvchi sub’eklar rahbarlari bilan til biriktirib, haqiqiy bahosi 524,8 mln. so‘mlik «gipoxlorid kalsiy 65%» nomli dezinfeksiyalovchi vositalarini 248,9 mln. so‘m qimmatiga sotib olgani aniqlandi.
Bunday «operatsiya»lar o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, albatta. Buning ortidan necha kimsa «qo‘l isitgani» tergovda aniqlanadi, nasib. Chunki, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda budjet mablag‘larini talon-taroj qilinishi bilan bog‘liq holat bo‘yicha Navoiy viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslariga nisbatan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi