4 460
«Odamlar koronavirus yuqib qolsa ham vahima qilmasin. Oddiy shamollashdek o‘tib ketadi» — shifokor
Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi shifokori Nuriddin Zohidovning fikricha, COVID-19 kasalligi «ko‘pchilik odamlarda shamollashdek o‘tib ketadi». U bu haqda 18 iyul kuni «O‘zbekiston 24» telekanalining «COVID-19. Vaziyat» dasturiga jonli efirda bergan intervyusida aytib o‘tgan.
«Odamlar, birinchi navbatda, qo‘rqmasin. O‘zlarida bor kasallikni biladi, hamma dorilar bor — dorilarni vaqtida ichishsa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Ammo, iltimos — vahima qilishmasin, qo‘rqishmasin. Koronavirus yuqib qolsa ham. Ha, yuqib qolibdi, ko‘pchilikda u oddiy shamollashdek o‘tib ketadi. Shuning uchun qo‘rqishmasin, vahima qilishmasin. O‘tib ketadigan narsa. Bo‘ldi», — dedi shifokor.
— Shukhrat (@bankir2102) July 19, 2020
Nuriddin Zohidov nimaga asoslanib koronavirus infeksiyasi ko‘pchilikda oddiy shamollashdek o‘tib ketayotgani haqida gapirgani ma’lum emas. Qayd etish joiz, so‘nggi kunlarda nafaqat koronavirus, balki pnevmoniya holatlaridan fuqarolarning vafot etish holatlari ko‘paygan. Xususan, rejissyor Sarvar Karimov otasi koronavirusdan vafot etgani, u bir hafta davomida tez yordam chaqira olmaganini ta’kidlagan edi.
«Bir hafta uyda davoladik. 103 ga telefon qilsak, bemorning isitmasi bo‘lsa, kelolmaymiz deyishdi», — deb yozgan edi Sarvar Karimov. Qayd etish joiz, shifokor Nuriddin Zohidov «O‘zbekiston 24» telekanalining «COVID-19. Vaziyat» dasturiga bergan xuddi shu intervyusida so‘nggi vaqtlarda Toshkentda tez yordam xizmatiga tana harorati ko‘tarilishi bilan bog‘liq chaqiruvlar ko‘payganini ma’lum qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?