2 352
«Tashxis qo‘ymasa ham, bemorni tinchlantirishi mumkin» – shifokor «Tez yordam» chaqiruvlari haqida
«Tez yordam» loyihasining ilk sonida immunolog-infeksionist, tibbiyot fanlari nomzodi Aziza Xo‘jayeva kasallik yengil formada o‘tayotgan bemorlarning ham «Tez yordam» chaqirishiga shifokor sifatida munosabat bildirdi.
«Bemorning o‘zi koronavirus kasalligini yengil formada o‘tkazayotgani haqida bilmaydi. U o‘zini yomon his qilishi tufayli «Tez yordam» chaqiradi. «Tez yordam»da tashxis qo‘yish imkoni bo‘lmagani bilan shifokor bemorni tinchlantirish imkoniga ega.
Hozir faqat koronavirus haqida gapirganimiz bilan boshqa kasalliklar yo‘qolib qolmagan. Kimdir infarktni, kimdir insultni boshidan o‘tkazishi mumkin», deya ta’kidladi shifokor.
U hamma insonlar ham faqat hid va ta’m bilmay qolgani uchungina «Tez yordam» chaqirmasligi, ayrim paytlarda odamlar kasallikni o‘tkazib ham yuborishayotganini qayd etdi. Shuning uchun shifokorlar ham e’tiborliroq bo‘lishi, poliklinika shifokorlari ham mas’uliyat bilan ishlashi zarurligi ta’kidlandi.
«Menimcha, koronavirus haqida kun ora turli onlayn platformalar orqali poliklinika shifokorlari bilan ham treninglar olib borish kerak», dedi u.
Loyihaning yana bir ishtirokchisi, Virusologiya instituti ilmiy xodimi Ra’no Qosimova esa respublikadagi barcha shifokorlar koronavirus bo‘yicha o‘qitilgani, bemorlarning uchastka shifokoriga biriktirilishining sababi ham shunda ekanini aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, poliklinika shifokorlari bemorning tibbiy ahvolidan xabardor bo‘lishadi va unga kerakli muolajalarni buyurishi, agar lozim bo‘lsa, statsionar sharoitda davolanishga yo‘llanma berishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi