date
views 1 876

«Damas»ni tashlab qochish naf bermadi

«Damas»ni tashlab qochish naf bermadi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda Pskent tumanida tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, fuqaro X.M. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda to‘xtatildi.

Biroq avtoulov haydovchisi huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillarini ko‘rishi bilanoq, avtoulovni orqaga harakatlantirib, chamasi 200 metr masofadan so‘ng, avtoulovni yo‘lning o‘rtasida qoldirib, o‘zi noma’lum tomonga qochib ketadi.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur yo‘ldan harakatlanib kelayotgan 6 nafar fuqaro to‘xtatilib, ular bilan suhbatlashilganda, mazkur fuqarolar chegara hududiga yaqin joydan xo‘jalik qoplariga solingan qutilarni tashib kelib, «Damas» rusumli avtotransport vositasiga ortganliklari ma’lum bo‘ldi.

Tashlab qochilgan «Damas»da umumiy qiymati 278,6 million so‘mlik jami 19 230 quti tamaki mahsulotlari ortilgani aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Damas»ni tashlab qochish naf bermadi