Qo‘shtepa tumani Balandmasjid qishlog‘ida yashovchi A.Xolxodjayev va turmush o‘rtog‘i F.Xolxodjayevalar o‘rtasida qurilgan oilaga 2010 yilda darz ketgan bo‘lib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudi 11.05.2010 yildagi sud buyrug‘i bilan otaning zimmasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandning ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyatini yuklagan edi.
Oradan 10 yil o‘tib joriy karantin vaqti ota va ona o‘zaro munosabatlari haqida o‘ylab ko‘rishlari uchun yetarli muddat bo‘ldi hamda ular bilan Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tushuntirish ishlari natijasida ular o‘zaro yarashtirilib, buzilgan yana bir oila tiklandi.
Yoki, Qo‘shtepa tumani Qamishtepa qishlog‘ida yashovchi S.Sobitov va Sh.Sobitovalar joriy yilning mart oyida o‘zaro ajrashib ketishgan va 16.03.2020 yildagi sud buyrug‘i asosida aliment to‘lash belgilangan.
Bo‘limga taklif etilgan qarzdor S.Sobitov va undiruvchi Sh.Sobitovalar bilan tushuntirish ishlari natijasiga ko‘ra ularning oilasi hech qanday aliment to‘lovisiz qayta tiklanib, butun oila sifatida uyga kuzatildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin