Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining 22.05.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Z.Axmadaliyevdan undiruvchi B.Axmadaliyeva foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa topgan daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Paxtaobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdor bir necha marta ogog‘lantirilishiga qaramasdan, aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelgani sababli Z.Axmadaliyevning alimentdan bo‘lgan qarzi 10 mln 562 ming so‘mga yetib borgan.
Biroq, karantin davrida o‘z burchini tushunib yetib, farzandlari ta’minotini o‘ylagan ota alimentdan bo‘lgan jami qarzini to‘lashga qaror qildi. Qarzdor Z.Axmadaliyev undiruvchi B.Axmadaliyeva foydasiga voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 10 mln 562 ming so‘m aliment pullarini to‘lab berdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi