Foto: Milliy gvardiya
Ma’lumki, mamlakatimizda joriy qilingan karantin talablariga qat’iy rioya etishi Milliy gvardiya, Ichki ishlar va SENDI xodimlari tomonidan nazoratga olingan.
Joriy yilning 26 iyul kuni Buxoro viloyatida jamoat tartibini saqlash uchun xizmatga jalb etilgan Milliy gvardiya va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tungi reyd tadbiri mobaynida Buxoro tumanida joylashgan «Chyorniy kvadrat» nomli tungi klubning yashirin faoliyatiga chek qo‘yildi.
Milliy gvardiya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, reydda kuchaytirilgan karantin bo‘lishiga qaramasdan tungi soat 22.30 larda «Chyorniy kvadrat» tungi klubi 3 nafar mijozga xizmat ko‘rsatayotganligi aniqlangan. Yashirin tarzda mijozlarga xizmat ko‘rsatayotgani klub rahbariyati MG hamda IIB xodimlarining talablariga bo‘ysunmasdan klub eshigini ochmaslikka harakat qilsada, o‘rnatilgan tartib-qoidalarga muvofiq chora qo‘llanilgan holda ichkariga kirilgan. Natijada yosh yigit-qizlarning musiqa sadolari ostida ovqatlanib, chilim chekayotgani va ular orasida voyaga yetmaganlar ham borligi aniqlangan.
Karantin talablarini bila turib unga amal qilmaganligi va mijozlarga yashirin xizmat ko‘rsatganligi uchun klub rahbari fuqaro G.I.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, klubning 13 nafar mijoziga ham karantin qoidalarini buzganliklari bois tegishli ravishda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi