15:16 / 30.07.2020
2 510

Bankomatdan pul yechishda «hojatbaror»lik qilgan shaxs o‘g‘ri bo‘lib chiqdi

Bankomatdan pul yechishda «hojatbaror»lik qilgan shaxs o‘g‘ri bo‘lib chiqdi
2020 yilning 29 may kunidan 9 iyun kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 20 yoshli I.M. Toshkentdagi «Qo‘yliq dehqon bozori» hududida o‘rnatilgan bankomat yonida turib, mazkur bankomatdan plastik kartadagi pulini naqdlashtirish maqsadida kelgan jami 7 nafar fuqarolarga pullarni naqdlashtirishda «hojatbaror»lik qiladi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, I.M. fuqarolardan plastik kartasini olib, pullarni naqdlashtirish jarayonida plastik kartaga ulanish «SMS» xabarnomasini o‘zining uyali telefon raqamiga yashirincha o‘rnatib, plastik karta raqami va kodini uyali aloqa vositasiga saqlab oladi. Keyin u mazkur fuqarolarning plastik kartasi hisobida mavjud bo‘lgan jami 10.497.410 so‘m pul mablag‘larini yashirin ravishda egalab, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuboradi.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, I.M. ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan va lozim bo‘lgan ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov harakatlari yakuniga ko‘ra, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishliligi bo‘ycha sudga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bankomatdan pul yechishda «hojatbaror»lik qilgan shaxs o‘g‘ri bo‘lib chiqdi