6 611
Shahrisabzda mudhish hodisa: erkak o‘ziga qo‘shib uch farzandi va rafiqasini avtomobil ichida yoqib yubordi
Illustrativ foto
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yashovchi erkak shaxsiy avtomobilida o‘ziga qo‘shib uch nafar farzandi va turmush o‘rtog‘ini yoqib yubordi. Oilaning barcha a’zosi kuyish oqibatida vafot etdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2020 yilning 30 iyul kuni tungi 22:00 da Shahrisabz tumanida sodir bo‘lgan.
Shahrisabz tuman IIB boshlig‘i Olim Tojiyevning ma’lumot berishicha, oila boshlig‘i shaxsiy avtomobilida ketayotgan paytda turmush o‘rtog‘i bilan tortishib qoladi va avtomobil eshiklarini yopib, uch nafar farzandi, turmush o‘rtog‘i va o‘ziga benzin sepib, yoqib yuboradi.
«Oila boshlig‘i N.S. xotini bilan tortishib qolib, o‘zi va turmush o‘rtog‘ini hamda uch nafar farzandini yoqib yuborgan. Butun boshli oilaga oila boshlig‘ining o‘zi o‘t qo‘yganini shifoxonaga olib kelingan o‘g‘li hushiga kelganda aytib berdi. Oila azaldan notinch bo‘lgan ekan. Bu haqda shahar IIB dan ma’lumot olsangiz bo‘ladi», — deydi Olim Tojiyev.
Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha Shahrisabz tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ayni kunda tergov-surishtiruv ishlari ketmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi