Kadr: YouTube
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva COVID-19 bilan kasallanganlar bemorlar shifokorlar bilan maslahatlashmasdan osma ukol olayotgani ularning ahvolini yanada og‘irlashishiga sababchi bo‘layotganini ma’lum qildi.
«Odamlar ‘Oldin shamollaganimda osma ukol (kapelnitsalar) olgandim, yana bir marta olsam, o‘tib ketadi deb o‘yladim’ deyishadi. Kasallikning 6-7-kuniga borib, ularning ahvoli og‘irlashishni boshlayapti. Tomografiyaga tushishyapti, o‘pkaning jarohatlangani, suv yiqqanini ko‘rishyapti. Bu davrda endi biz ambulator sharoitda yordam berolmaymiz. Osma ukollardan keyin, kasallikning 5-6-kunida o‘pka suyuqlik yig‘ishni boshlayapti, o‘pka shishi kelib chiqyapti. Hozirgi kunda o‘layotgan bemorlarning hamma tashxisini ko‘ring: o‘pka shishishi! Bular o‘z-o‘zidan kelib chiqmayapti. Hammasi osma ukol ta’siri», — deydi ekspert.
Shuningdek, Sevara Ubaydullayevaning ta’kidlashicha, bemorlar buyragi suyuqlikni chiqarib tashlashga ulgurmayapti. Bu yurak qobig‘ida ham suyuqlik yig‘ilishiga olib kelishi, jigarni ishdan chiqarishi mumkin.
«Osma ukol olishdan avval, albatta, shifokor bilan maslahatlashing. Odamlar osma ukollardan voz kechsa, O‘zbekistonda o‘lim ko‘rsatkichi kamayardi», — deydi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?