Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirusga chalingan bemorlarning ingalyatsiya qilishi qanchalik to‘g‘ri ekanligi borasidagi savolga aniqlik kiritildi.
Skrinshot: UzReport
Mutaxassisning ta’kidlashicha, ingalyatsiya turli yo‘tal shakllarida balg‘amni yumshatish va drenajlashlashda yoki bronxospazmlarda spazmni yo‘qotishda turli dori-darmonlarni qo‘llash bilan tavsiya etiladi. Koronavirus bilan kasallanishda balg‘amsiz, quruq yo‘tal kuzatiladi. Bunday holatda ingalyatsiya qilish yallig‘lanishga yoki yo‘tal kuchayishiga olib kelishi mumkin.
«Agar uyingizdagi bemorga ingalyatsiyalarni o‘z hududingizdagi poliklinikada faoliyat yurituvchi umumiy amaliyot shifokori xizmatining tavsiyasisiz o‘tkazsangiz, uning ahvolini og‘irlashtirib qo‘yishingiz mumkin. Yaxshisi, shifokor bilan maslahatlashish, agar maqsadga muvofiq bo‘lsa ingalyatsiya qilish mumkin. Agar bronxospazm yo‘q bo‘lsa, quruq yo‘talda ingalyatsiyalar kamdan kam hollarda yordam beradi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sevara Ubaydullayeva COVID-19 bilan kasallanganlar bemorlar shifokorlar bilan maslahatlashmasdan osma ukol olayotgani ularning ahvolini yanada og‘irlashishiga sababchi bo‘layotganini ma’lum qilgan, shuningdek, koronavirus yengil kechayotgan bemorlarga ko‘p dori tayinlash o‘rinsiz ekani ta’kidlangandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi