1 666
Bojxonachilar 788 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi
Sifati kafolatlanmagan tovar moddiy boyliklarni yurtimiz sarhadlari orqali noqonuniy tarzda olib o‘tilishini oldini olish borasida bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Chinoz tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida fuqaro U.U. Chinoz tumanidagi qo‘shni davlat chegaradosh bo‘lgan hudud orqali bir nechta qog‘oz qutilarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirib, ushbu mahsulotlarni sheriklari I.J. va I.K.lar bilan birgalikda mazkur tumandagi xonadonlardan biriga tushirib qoldirib, voqea joyidan yashiringanligi ma’lum bo‘ldi.
Shundan so‘ng, ushbu xonadonda qoldirilgan qog‘oz qutilar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ularning ichida 15 881 quti 3 turdagi tamaki mahsulotlari, 92 dona elektron sigaret apparatlari, 138 quti 6 nomdagi dori vositalari va 1746 dona 42 turdagi biologik aktiv qo‘shimchalar borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar sifatida olingan tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati 788 318 000 so‘mni tashkil qildi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi