Prostata bezi onkologiyasi uretraga bosim qilib, siyishga halaqit bermagunga qadar sezilmaydi, deb hisoblamoqda Cancer Research UK tashkiloti olimlari. Bunda prostata bezidagi saraton hujayralari tanaga qon oqimi va limfa tugunlari orqali tarqalishi mumkin, deb xabar berdi Medikforum.
Onkologlar prostata bezi saratoni boshlanganini ko‘rsatuvchi 6ta asosiy alomatlarni sanab o‘tishdi:
siydik ajralishidagi og‘riq;
siydik oqimi kuchining pasayishi;
spermada qon izlari;
suyaklardagi og‘riq;
oyoqlarning shishishi;
charchoq alomatlari.
Shuningdek, ereksiyaning buzilishi, anemiya, vazn yo‘qotilishi va kalsiy miqdorining oshishi ham onkologiya belgilaridan biri bo‘lishi mumkin. Kalsiy miqdorining oshganiga ich qotishi va ko‘ngil aynishi ishora qilishi mumkin.
Olimlar bu alomatlarning istalgan biri namoyon bo‘lishi bilanoq shifokorga murojaat qilishni tavsiya etishmoqda. Bunda kasallikning sababi xavfsiz o‘sma – adenoma bo‘lishi ham mumkin. Har qanday holatda onkologiya yo‘qligiga ishonch hosil qilish muhim hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi