19:18 / 06.08.2020
3 821

Prostata bezi saratonining asosiy belgilari aytildi

Prostata bezi saratonining asosiy belgilari aytildi
Prostata bezi onkologiyasi uretraga bosim qilib, siyishga halaqit bermagunga qadar sezilmaydi, deb hisoblamoqda Cancer Research UK tashkiloti olimlari. Bunda prostata bezidagi saraton hujayralari tanaga qon oqimi va limfa tugunlari orqali tarqalishi mumkin, deb xabar berdi Medikforum.

Onkologlar prostata bezi saratoni boshlanganini ko‘rsatuvchi 6ta asosiy alomatlarni sanab o‘tishdi:
siydik ajralishidagi og‘riq;
siydik oqimi kuchining pasayishi;
spermada qon izlari;
suyaklardagi og‘riq;
oyoqlarning shishishi;
charchoq alomatlari.
Shuningdek, ereksiyaning buzilishi, anemiya, vazn yo‘qotilishi va kalsiy miqdorining oshishi ham onkologiya belgilaridan biri bo‘lishi mumkin. Kalsiy miqdorining oshganiga ich qotishi va ko‘ngil aynishi ishora qilishi mumkin.

Olimlar bu alomatlarning istalgan biri namoyon bo‘lishi bilanoq shifokorga murojaat qilishni tavsiya etishmoqda. Bunda kasallikning sababi xavfsiz o‘sma – adenoma bo‘lishi ham mumkin. Har qanday holatda onkologiya yo‘qligiga ishonch hosil qilish muhim hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prostata bezi saratonining asosiy belgilari aytildi